Rasman! Alisson “Liverpul” bilan shartnoma imzoladi

  • 20.07.2018 08:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning “Roma” klubi hamda Braziliya terma jamoasi posboni Alisson Beker rasman faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli posbon mersisaydliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. “Liverpul” esa uning transferi uchun “Roma”ga 62,5 mln va unga qo‘shimcha yana 10 mln, jami hisobda esa 72,5 mln evro to‘laydi.

Shu tariqa Alisson dunyoning eng qimmat darvozaboni aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!