Rasman! Arslanmurad Amanov "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi

  • 31 yanvar, 2019, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni “Buxoro” safida o‘tkazgan turkmanistonlik yarim himoyachi Arslanmurad Amanov faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli futbolchi BAAdagi Osiyo kubogida Turkmaniston terma jamoasi safida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. Uning Yaponiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli esa shubhasiz musobaqaning eng chiroyli gollaridan biri bo‘ldi.

Arslanmurad Amanov:

1990 yilning 28 mart kunida Turkmanistonda tug‘ilgan.
2012 "Oqjeptes" (Qozog‘iston) - 11 o‘yin (866 daqiqa), 1 gol
2014 "Irtish" (Qozog‘iston) - 24 o‘yin (1393 daqiqa), 1 gol
2015-2016 AGMK (O‘zbekiston) - 54 o‘yin (2392 daqiqa), 8 gol
2017 "Oltin Asr" (Turkmaniston)
2018 "Buxoro" - 29 o‘yin (2325 daqiqa), 5 gol

Turkmaniston termasi tarkibida 27 o‘yinda 10 gol kiritgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!