
Rasman! "Barselona" navbatdagi transferini e’lon qildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi "Sevilya" himoyachisi Kleman Langle bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 23 yoshli frantsuzning transferi kataloniyaliklarga 35,9 mln evroga tushgan. Langle esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning shartnomasida esa tovon puli 300 mln evro etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, Langle “Sevilya” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida jami 73ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Braziliyaning “Gremio” klubidan yarim himoyachi Artur Ramosni o‘z safiga qo‘shib olishgan edi.
Fikrlar