Rasman: Draksler 2021 yilga qadar PSJ bilan shartnoma imzoladi (foto)

  • 3 yanvar, 2017, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning amaldagi chempioni PJS klubi rasman Germaniya terma jamoasi a’zosi Yulian Drakslerni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Tarqatilgan xabarga ko‘ra PSJ “Volfsburg” futbolchisi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan.

“PSJga o‘tganimdan hursandman. Hayotimda ilk bor boshqa davlat jamoasida to‘p suraman. Bu qarorni qabul qilganimdan fahrlanaman va yangi jamoamga yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishida yordam bermoqchiman”, - deydi Draksler.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq frantsiyalik mashxur futbolchi David Trezege Drakslerning o‘tishi Di Mariyaga asosiy tarkibdan joy olishi uchun raqobat paydo qilishi haqida gapirib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!