Rasman! Jon Terri futbolchilik faoliyatini yakunladi

Angliya terma jamoasi va "Chelsi" klubi sobiq sardori Jon Terri futbolchilik faoliyatini yakunlaganligi haqida rasman e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli himoyachi 22 yil davomida "aristokratlar" safida to‘p tepgan va o‘tgan mavsum "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tgandi. "Chelsi" tarkibida Terri 5 marotaba APLda chempion bo‘lgan, 4 marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan, 3 marta Superkubog va bir marotaba EChL hamda Evropa ligasida g‘alaba qozongan.

- 23 yil davomida ajoyib futbol namoish qildim, bugun o‘yinchi sifatida faoliyatimni yakunlashga qaror qildim, - deb yozdi Jon o‘zining Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Jon yozda Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishga juda yaqin kelgan edi. Biroq, so‘nggi damda u o‘z fikridan qaytgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!