
Rasman! Pepe "Beshiktosh" safini tark etdi
Tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi. Ilgariroq portugaliyalik futbolchiga APLdan, jumladan, "Vulverxempton" jamoasidan qiziqish bo‘layotgani borasida xabarlar tarqalgan edi.
"Beshiktosh" muxlislariga, klub hodimlariga va men bilan birga bo‘lgan jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Sizlar eng yaxshisiga munosibsiz, hech qachon unutmayman", - deb yozib qoldirdi 35 yoshli futbolchi o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Ma’lumot uchun, Pepe "Real"dagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng 2017 yilda "Beshiktosh" safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar