Rasman! Pyanich hech qaerga ketmaydi, u "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 21.08.2018 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich rasman "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchi endi 2023 yilning yoziga qadar "Alyants Stedium"da qoladi va yiliga 6 million evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Pyanich “Yuventus” safiga 2016 yil 32 million evro evaziga “Roma”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “keksa sinora” safida jami 92ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 15ta gol hamda 28ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!