Rasman: Qayta ta’mirdan chiqqan “Markaziy” stadionda ilk o‘yin 30 iyun kuni bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun “Nasaf” PFK bosh menedjeri Shamil Samigulovich klubning  bir guruh faol muxlislari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Muloqot rekonstruktsiya ishlari nihoyasiga etayotgan, yangi ko‘rinishdagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tdi.

Shamil Samigulovich yig‘ilganlarga stadionda olib borilgan keng ko‘lamdagi rekonstruktsiya ishlari va bu orqali yaratilgan o‘zgarishlar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

Muloqot davomida muxlislarning stadionda o‘zlarini tutish tartib-qoidalari, bu haqda OFK talablari ham ularga yana bir marta tushuntirildi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi bilan bo‘ladigan O‘zbekiston Kubogining 1/4 finali dastlabki uchrashuvi 30 iyun kuni "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tishi rasman e’lon qilindi. Shamil Samigulovich ushbu o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!