Rasman! “Real” yozgi transferlar davridagi navbatdagi xaridini e’lon qildi (FOTO)
"Real Sosedad" klubi himoyachisi Alvaro Odriosola faoliyatini "Real" Madridda davom ettiradigan bo‘ldi.
“Qirollik klubi” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi esa madridliklarga 30 mln evroga tushgan.

Ma’lumot uchun, Odriosola "Real Sosedad" safida jami 57ta o‘yinda maydonga tushgan va 1ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Real" bundan avval Ukrainaning "Zarya" klubi darvozaboni Andrey Luninni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Fikrlar