
Ravshan Haydarov: Ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik
U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi 2-turida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Nepalga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindan keyin O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Nepal dastlabki o‘yinda 5 ta gol o‘tkazib yuborganidan keyin himoyaviy o‘yinga e’tibor qaratib, biz bilan o‘yinga yaxshi tayyorlandi. O‘yin nazoratini qo‘lga olganimizga qaramay, ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Nepalning himoya chizig‘i va darvozaboni yaxshi o‘ynadi. Shogirdlarimning xatti-harakatidan faxrlanaman, ammo xatolarni tahlil qilib, BAAga qarshi o‘yinga tayyorlanamiz”, – deb Ravshan Haydarov so‘zlaridan iqtibos keltiradi O‘FF matbuot xizmati.
Fikrlar