"Real" - La Liganing eng samarali jamoasi
Madridning "Real" klubi joriy mavsum hozircha La Liganing eng samarali jamoasi bo‘lib kelmoqda.
Gap shundaki, “qirollik klubi” futbolchilari chempionatning o‘tgan 3ta turida jami 10ta gol urishdi va buning uchun raqiblari darvozasiga bor yo‘g‘i 19ta zarba berishlari kifoya bo‘ldi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, “Real”ning samaralilik koeffitsienti 52,63 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi ko‘rsatgich borasida madridliklardan keyinng o‘rinlarni "Ueska" (46,15%) va "Atletik" (44,44%) klublari egallab turishibdi.

Fikrlar