
"Real" 19 yoshli makedoniyalik futbolchi uchun 20 mln evrodan voz kechmoqchi
"Real" Madrid rahbariyati jamoaga "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Elif Elmasni olib kelmoqchi. Bu haqda Skopje24 nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 19 yoshli makedoniyalik futbolchi uchun turk klubiga 20 mln evro taklif qilmoqchi. Qayd etish lozimki, Elmas uchun kurashda “Real”dan tashqari shuningdek PSJ, "Tottenxem", "Roma" va "Borussiya" Dortmund klublari ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Elmas joriy mavsum “Fenerbaxche” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turk klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan. Uning taxminiy transfer narxi esa 2,5 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar