"Real" APLning ikki yulduz futbolchisi bilan aloqaga chiqdi

  • 01.08.2018 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi Angliya premer-ligasining ikki yulduzi bilan aloqaga chiqdi.

El Paris nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” vakillari “Tottenxem” forvardi Xarri Keyn hamda “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohlar bilan bog‘lanishgan. Biroq, har ikkala futbolchi ham ayni damda jamoasini o‘zgartirmoqchi emasliklarini aytishgan va “Real”ning takliflariga rad javobini berishgan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tib ketgach madridliklar uning pozitsiyasiga top darajadagi hujumchi olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!