"Real" Azar bilan kelishuvga erishdi

  • 22 yanvar, 2019, 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azar bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda OK DIARIO nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 28 yoshli belgiyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 13 mln evro maosh oladi. Bundan tashqari agar Ispaniya chempionligi qo‘lga kiritsa 1 mln evro, Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa 1,5 mln evro bonus oladi. Bundan tashqari, agar “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa yana qo‘shimcha 1,5 mln evroga ega bo‘lishi mumkin.

Endi “Real” Azarning transferi borasida “Chelsi” bilan kelishuvga erishsa bas. Ta’kidlash kerakki, “aristokratlar” uni 112 mln evroga baholashmoqda. Ammo, madridliklar uni 75 mln evroga sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!