"Real" "Barselona"ning qadimiy rekordini yo‘qqa chiqarishga tayyorlanmoqda

  • 13 fevral, 2017, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" jamoasi so‘nggi 39 ta uchrashuvda uzluksiz gol urib kelmoqda. Madridliklar Ispaniya chempionatining o‘tgan turida "Osasuna" darvozasini ham uch bor nishonga oldi.

Tecno
 

Uzluksiz gol urish bo‘yicha eng uzoq davom etgan seriya "Real"ning ashaddiy raqibi "Barselona"ga tegishli. Kataloniyaliklar 1942-1943 va 1943-1944 yilgi mavsumlarda ketma-ket 44 tadan uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bungacha "Real" futbolchilari bu rekordni yangilashga uch marotaba yaqin kelganlar. madridliklarning golli seriyalari Joze Mourino, Leo Beenxakker va Xuan Antonio Ipine boshqargan davrlarda qatorasiga 41 uchrashuvda raqib darvozasini aniq nishonga olgan.

Zinedin Zidan shogirdlari "Barselona" rekordini takrorlash uchun "Napoli", "Espanol", "Valensiya", "Vilyarreal" va "Eybar" darvozalarini ishg‘ol qilishi kerak. Shunday bo‘lgan taqdirda "Real" Evropa chempionlar ligasida "Napoli" bilan 7 mart kuni bo‘ladigan javob o‘yinida gol kiritgan taqdirda yangi rekord o‘rnatgan bo‘ladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!