"Real" Dibalani qo‘lga kiritish uchun Iskoni "Yuve"ga bermoqchi

  • 07.02.2019 23:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Yuventus" forvardi Paulo Dibalani sotib olish yo‘llarini izlamoqda.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” argentinalik futbolchi uchun “keksa sinora”ga o‘zining mahoratli yarim himoyachisi Isko hamda 60 million evro berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Isko jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan oralaridagi mojaro sabab jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Isko mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Dibala esa 27ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!