
«Real Madrid» ko‘rguliklarida Peres aybdormi?
Iste’foga chiqarilgan «Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «qaymoqranglilar»ning mavjud tarkibidan maksimal tarzda foydalana olmagan bo‘lishi mumkin, ammo jamoaning muhim bo‘lagi Krishtianu Ronalduning o‘rnini to‘ldira olmagani uchun murabbiy aybdor emas.
Lopetegi bu vaziyatda shunchaki «aybsiz aybdor»ga aylanib qoldi. Klubning muammolari ispaniyalik mutaxassis va uning uslubidan ham ancha chuqurroq.
«Real» yulduzlari bosh murabbiyning o‘yin sxemasiga tusha olmaganliklari sababli, ham murabbiy, ham futbolchilar yomon natijalar uchun birday javobgar. Ammo klub prezidenti Florentino Peres «Santyago Bernabeu»dagi inqiroz uchun to‘liq aybdor.
71 yoshli ishbilarmon dushanba oqshomida Lopetegini iste’foga chiqardi. Klubga ikkinchi marta 2009-yilda qaytganidan buyon Peres olti murabbiyni ishdan bo‘shatdi. Manuel Pellegrini bilan boshlangan ish Lopetegi bilan tugatildi. Hozircha.
Faqatgina bir murabbiy – Zinedin Zidan o‘z roziligi bilan ishdan ketdi. Frantsiyalik mutaxassis Madriddagi ichki inqirozni oldindan ko‘ra oldi. Peres esa bunga qarshilik qila olmadi.
Zidan «Real» tarkibi yoshib o‘tib borayotgani, Ronalduning Peres bilan munosabatlari sovuqlashib borayotganini hammadan ko‘proq sezdi. Obro‘sini borida klubdan ketishga qaror qildi.
Chempionlar Ligasidagi xet-trik sovrinlarga ega chiqqan Zizu endi olg‘a yo‘l yo‘qligini his qildi. O‘shandan ikki oy o‘tar-o‘tmas Ronaldu «Yuventus» bilan shartnoma imzoladi. U Madridda, ayniqsa Peresning unga bo‘lgan mehri kamayganini tushunib etdi.
«Men klub ichida, ayniqsa prezidentning avvalgisi kabi menga bo‘lgan mehri yo‘qolganini his qildim» – dedi yulduz shu hafta France Football ga bergan intervyusida.
«Prezident menga ko‘z ortidan qaray boshladi, men buni avvallari ko‘rmagandim, nima demoqchi bo‘lganimni tushundingiz. Bu meni klubdan ketishga undadi.»
Peres hech qachon Ronaldu bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lmagan. Chunki portugaliyalik futbolchi uning transfer emasdi. Fakt shuki u undan oldingi prezident Ramon Kalderon «Manchester Yunayted» bilan Ronaldu borasida erishilgan kelishuvni bekor qilishni istagandi.
Peresni Xorxe Valdano kelishuvni buzib jarima to‘lagandan ko‘ra tinchgina uni amalga oshirishga ko‘ndirgandi.
Ammo o‘shanda Ronaldu va Peres bir-biriga muhtoj edi. Yillar o‘tib ikkalasi ham o‘zaro bitimga erishdi. Ronaldu klub uchun ko‘plab gollar urdi, Peres esa buning uchun jozibador shartnomalar taklif qilaverdi.
Biroq vaqt o‘tib Ronalduning o‘yinida pasayish boshlandi. Kuchlar muvozanati o‘zgardi va portugaliyalik yulduzning davri o‘tib borayotganiga oid alomatlar paydo bo‘la boshladi.
Shu tufayli klubga 2009-yilda kelib qo‘shilganidan beri gollar urishdan to‘xtamagan Ronalduning ketishiga qarshilik bildirmagan Peres uning o‘rniga munosib hujumchini olib kelishga to‘liq javobgar hisoblanadi. Ammo u buning uddasidan chiqa olmadi.
Faqatgina Mariano Dias ortga qaytarildi va Ronalduga tegishli 7-raqam unga ishonib topshirildi. Lekin uni munosib o‘rinbosar deb bo‘lmaydi.
«Ular o‘g‘limni 50 goldan judo qildi» – deya e’tirozini bildirdi Lopetegining otasi Xose Antonio «El Klassiko»dan keyin.
«Ularga haqiqiy to‘purar kerak. Ular birorta ham sotib olmadi. Neymar haqida gap-so‘zlar bo‘lgandi, ammo hech kim kelmadi.»
Peres nafaqat yangi to‘purar olib kela olmadi. U murabbiy tanlashda ham adashgandi. Lopetegi Zidanga munosib o‘rinbosar bo‘la olmasdi.
Peres Pochettino yoki Kloppni olib kelishni istagandi. Ammo bir necha murabbiydan rad javobini olgach Ispaniya termasi bosh murabbiyini olib kelishni ma’qul topdi.
«Qirollik klubi» Ispaniya FF ga xurmatsizlik qilib Jahon Chempionatidek muhim turnir arafasida klub bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Lopetegining Ispaniya termasi bilan erishgan muvaffaqiyatlari tahsinga sazovor, ammo professional klubdagi tajribasi sifatida faqatgina «Portu»dagi faoliyatini tilga olishimiz mumkin.
Murabbiy «Benfika» va «Sporting»ga qarshi etti uchrashuvdan atigi ikkitasida g‘alaba qozongan.
Zidan va Ronaldularning ketishi ortidan yozda qayta yosharish ishlari olib borilishi kerak edi. Lopetegi o‘tish davridagi jamoalarga kerakli yo‘lboshlovchi bo‘la olmaydi. Bunday xom rejani tuzib chiqqan Peres madridliklarning hozirgi inqirozi uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishi shart.
Fikrlar