"Real" PSJ transferga qo‘ygan argentinalik futbolchiga qiziqib qoldi

  • 21.08.2018 20:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi PSJ yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelsoga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “qirollik klubi” parijliklar tomonidan transferga qo‘yilgan 22 yoshli argentinalik futbolchiga jamoaning o‘rta chizig‘ini kuchaytira oladigan futbolchilardan biri sifatida qaramoqda.

Ma’lumot uchun, Lo Chelso o‘tgan mavsum PSJ safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar ushbu futbolchiga 40 million evro narx qo‘yishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!