"Real" "River Pleyt" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
Yaqindagina Madridda “Boka Xuniors”ni engib Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan "River Pleyt" yarim himoyachisi Esekel Palasios faoliyatini "Real"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun “River Pleyt”ga 20 mln evro to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Palasios “River Pleyt” safida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Real”ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Palasios joriy mavsum 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar