"Real" etakchilari safga qaytishdi

  • 18.10.2018 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” Madrid futbolchilari terma jamoalar safidan qaytib kelgach La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Marca nashri marqatgan xabarga ko‘ra Marselo, Isko, Garet Beyl va Karim Benzema kabi jamoa etakchilari jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishgan hamda umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishgan. Biroq, himoyachi Dani Karvaxal hamon tiklanish mashqlarini o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Levante” bahsi 20 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!