
"Real" ijaradagi darvozabonini muddatidan avval ortga qaytarmoqchi
Madridning "Real" klubi "Leganes"da ijarada to‘p surayotgan darvozaboni Andrey Luninni muddatidan avval “Santyago Bernabeu”ga qaytarishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, 19 yoshli ukrainalik posbonning ortga qaytishi “qirollik klubi”ning uchinchi darvozaboni Kiko Kasilyaning “Lids” safiga o‘tayotgani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Luninni o‘tgan yoz “Zarya” klubidan 8,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar