“Real” mag‘lubiyatsiz seriyasini 40 o‘yinga etkazib, “Barselona” rekordini yangiladi
Madridning "Real" jamoasi Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o‘yinida "Sevilya" bilan 3:3 hisobida jangovar durang qayd etib, mag‘lubiyatsiz seriyasini 40 o‘yinga etkazdi.
Qayd etish kerakki, uchrashuvning 83-daqiqasida Madrid klubi 1:3 hisobida ortda borayotgandi. Ammo Ramosning penaltidan urgan goli va Benzemaning so‘nggi daqiqalardagi aniq zarbasi “Real”ni mag‘lubiyatdan saqlab qolgandi.
Shu tariqa, madridliklar yangi rekord o‘rnatib, "Barselona" tomonidan o‘rnatilgan 39 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani yangiladi.

"Real" so‘nggi bor 2016 yilning 6 aprelida EChL pley off bosqichida "Volfsburg"dan 0:2 hisobida engilgandi. Zinedin Zidan shogirdlari shundan buyon 30 ta g‘alaba va 10 ta durang qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar