"Real" mavsumdagi 3-g‘alabasini "Leganes" ustidan qo‘lga kiritdi (video)

  • 2 sentabr, 2018, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha shuningdek Ispaniya La Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Leganes" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Dastavval 17-daqiqada Garet Beyl hisobni ochdi. Oradan etti daqiqa o‘tar-o‘tmas Karilo penaltidan yo‘llangan zarbani golga aylantirib, muvozanatni tikladi.

Ikkin bo‘lim avvalida esa Karim Benzema ketma-ket ikkita to‘p kiritib, madridliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

66-daqiada Serxio Ramos "Leganes" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!