"Real" muxlislari uchun xushxabar! Isko qaytdi
Sentyabr oyi so‘nggida ispaniyalik futbolchisi ko‘richagini jarrohlik amaliyoti yordamida oldirib tashlagan edi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi bugundan mashg‘ulotlarga kirishgan.
U terma jamoalarning o‘yinlaridan keyinoq maydonga tushishga tayyor bo‘lishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Isko bu mavsum "qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 6 ta bellashuvda ishtirok etdi va 2 ta gol kiritib, yana shunchasiga hammualliflik qildi.
Fikrlar