"Real" qishda top darajadagi hujumchi sotib olmoqchi
Madridning “Real” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida top darajadagi hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “qirollik klubi” bu borada “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli argentinalik futbolchining shartnomasida tovon puli 110 mln evro deb belgilab qo‘yilgan. Ammo, bu faqatgina har yili 1 iyundan 15 iyulgacha amal qiladi. Shu bois “Real”ning qishda uni sotib olishga urunishi jiddiy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 10ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar