"Real" sobiq prezidenti: Mourino Peresni sehrlab qo‘ygan, u albatta "Real"ga qaytadi

  • 26.10.2018 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinoning yana “qirollik klubi”ga qaytishiga qarshi fikr bildirdi.

“Mourino albatta “Real”ga qaytadi, lekin qachon bu sodir bo‘lishini aniq ayta olmayman. Biroq, agar u “Manchester Yunayted”da ishlashni xohlamasa, yana 1,5 yildan so‘ng “Real”ni boshqaradi.

U Peresni sehrlab qo‘ygan yagona murabbiy hisoblanadi. U "Real"dalik paytida barcha narsani vayron qildi va menimcha u yana albatta “Real”ga qaytadi”, - deydi Kalderon.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 2010-2013 yillarda “Real”ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!