"Real" superhujumchisidan ayrildi
"Real" hujumchisi Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasidan klubga jarohat orttirgan holda qaytib keldi.
24 yoshli hujumchi jahon chempionati saralash turniri doirasida Makedoniyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 60-daqiqasida jarohat tufayli maydondan olingan edi. Shunga qaramay, terma jamoa murabbiylari un Angliya qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushirdi. Buning oqibatida jarohat kuchayib ketdi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Morataning o‘ng oyoq son qismi mushaklari jiddiy shikastlangan va tiklanish uchun kamida bir oy vaqt kerak bo‘ladi.
Morata Ispaniya chempionatida "Real"ning asosiy raqobatchilari - "Atletiko" va "Barselona"ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar