"Real" uzoq davom etgan "Barselona" rekordini bekor qildi
Ispaniya chempionatining 25-turida "Las-Palmas" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan La liga peshqadami "Real" ashaddiy raqibi - "Barselona"ning uzoq yillik rekordini bekor qildi.
"Real" futbolchilari uzluksiz gol urgan uchrashuvlar sonini 45 ta etkazdi va "Barselona"ning 1942-1943, 1943-1944 yillarda 44 ta o‘yindan iborat golli seriyalari rekordini ortda qoldirdi.

"Real"ning so‘nggi golsiz o‘yini 2016 yilning 24 aprel kuni qayd etilgan. O‘shanda "Manchester Siti" bilan bo‘lgan uchrashuvda hisob ochilmagan edi.

Fikrlar