
"Real" yozda "Ayaks" himoyachisini sotib olmoqchi
Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
TycSports tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Madridliklar uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Talyafiko joriy mavsum Gollandiya chempionatida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar