
"Real"ga Xorvatiyani JCh-2018 finaliga olib chiqqan futbolchi kerak
Madridning "Real" klubi "Monako" darvozaboni Daniel Subashichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 33 yoshli xorvatiyalik futbolchini jamoaning zaxira posboni hisoblangan Kiko Kasilyaning o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. Aytish lozimki, uning monakoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, aynan Subashich penaltilar seriyasida qaxramonlik ko‘rsatib, Xorvatiyani JCh-2018 finaliga qadar olib keldi.
Fikrlar