
"Real"ga "yangi darvozabon" topildi (video)
Xabaringiz bor kecha Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Real” o‘z maydonida “Las-Palmas” klubini qabul qildi.
O‘yinnig 55-daqiqasida mezbonlar sardori Serxio Ramos raqibning darvoza tomon bergan zarbasini qo‘llari bilan qaytardi, hakam “Real” darvozasiga penalti belgiladi. Qulay imkoniyatdan unumli foydalangan mexmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi 2:1. O‘yin 3:3 hisobidagi jangavor durang bilan yakunlandi. Uchrashuvda “qirollik klubi” o‘zi uchun muhim bo‘lgan ochkolarni boy berdi.
Quyida Ramosning qanday qilib darvozabon rolini "ijro" etganligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, "Real" kechagi durangdan so‘ng musobaqa jadvalida "Barselona"ni oldinga o‘tkazib yubordi va 2-o‘ringa tushib ketti.
Fikrlar