Rekord! Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiadasida 36 nafar sportchimiz ishtirok etadi

CHERY AUTO

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunga kelib, kichik Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilarimiz nomi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Tecno

Qayd etish lozimki, bu safargi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz litsenziya qo‘lga kiritish borasida rekordni yangilashdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

2010 yili Singapurda o‘tkazilgan ilk o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida 21 nafar sportchimiz ishtirok etgan bo‘lsa, 2014 yili Nankin Olimpiadasida 28 nafar atletimiz qatnashgan. Bu safar Buenos-Ayres mezbonlik qiladigan o‘yinlarda esa yurtimiz sharafini 36 nafar sportchi himoya qiladi.

Argentina Olimpiadasida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

   № Sportchi Sport turi
1 Evgeniy Agafonov  akademik eshkak eshish
2 Luizaxon Islomova  akademik eshkak eshish
3 Davrjon Davronov  akademik eshkak eshish
4 Islambek Abdusalomov  baydarka va kanoeda eshkak eshish
5 Sherzod Hakimjonov  baydarka va kanoeda eshkak eshish
6 Gulbaxor Fayzieva  baydarka va kanoeda eshkak eshish
7 Umidjon Jalolov  sport kurashlari
8 Muhammadrasul Rahimov  sport kurashlari
9 Shohida Ahmedova  sport kurashlari
10 Svetlana Oqnazarova  sport kurashlari
11 Jayxunbek Nazarov  dzyudo
12 Nilufar Ermagambetova  dzyudo
13 Nataliya Kritinina  suzish
14 Aleksey Sidorchuk  suzish
15 Bibigul Minglibaeva  suzish
16 Ahmadjon Umurov  suzish
17 Zaynab Pardabaeva  o‘q otish
18 Ekaterina Fetisova  badiiy gimnastika
19 Fayoziddin Mamatqulov  sport gimnastikasi
20 Indira O‘lmasova  sport gimnastikasi
21 Nikolay Evdokimov  sport akrobatikasi
22 Arina Yulusheva  sport akrobatikasi
23 Nikita Babenishev  trampolin
24 Ulug‘bek Rashidov  taekvondo
25 Dildora Aliqulova  karate
26 Regina Adashbaeva  engil atletika
27 Roksana Xudoyarova  engil atletika
28 Umidjon Hasanov  engil atletika
29 Islom Sibagatullin  engil atletika
30 Dolera Davronova  og‘ir atletika
31 Kumushxon Fayzullaeva  og‘ir atletika
32 Muhammadqodir Toshtemirov  og‘ir atletika
33 Abdumalik Xalakov  boks
34 Timur Merjanov  boks
35 Jahongir Rahmonov  boks
36 Abdushukur Sobirjonov  ot sporti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!