Riberi o‘zining shaxsiy antirekordini o‘rnatdi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Frank Riberi o‘zining shaxsiy antirekordini o‘rnatdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli frantsiyalik futbolchi “gol+pas” tizimi bo‘yicha qatorasiga 12ta o‘yindan buyon Bundesligada o‘z nomiga hech qanday ko‘rsatgich qayd eta olmay kelmoqda. Bu esa uning yangi shaxsiy antirekordi hisoblanadi.
Eslatib o‘tish lozimki, Riberi so‘nggi bor o‘tgan mavsum 31 martda “Borussiya” Dortmundga qarshi bahsda gol urgan va qolaversa jamoasining yana bir goliga assistentlik qilishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Riberi “Bavariya” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 404ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 118ta gol hamda 180ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan.
Fikrlar