
Robben va Boateng "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben “Real”ga qarshi EChL yarim final javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Gollandiyalik sportchi bu jamoalarning Myunxenda o‘tgan birinchi uchrashuvida (1:2) jarohat olgan.
Shuningdek, himoyachi Jerom Boateng ham bu uchrashuvni muxlislar qatorida tomosha qiladi.
Bundan tashqari myunxenliklar safida Manuel Noyer, Arturo Vidal, Kingsli Komanning ham jarohati bor, biroq ilk o‘yinni o‘tkazib yuborgan David Alaba safga qaytgan.
Fikrlar