
Robert Levandovski qatorasiga 6-yil Polshada eng yaxshi futbolchi bo‘ldi
Polsha terma jamoasi va “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski qatorasiga oltinchi yil Polshada eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Levandovski ushbu natijani qayd etgan birinchi polshalik futbolchiga aylandi. So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, ikkinchi o‘rin “Monako” himoyachisi Kamil Glik, uchinchi o‘rin “PSJ” a’zosi Gjegoj Krixovyakka nasib qildi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Robert Levandovski“Bavariya” tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar