Rojers "Lester"ga "Seltik"dagi 3ta shogirdini olib kelmoqchi

  • 27 fevral, 2019, 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" klubining yangi bosh murabbiyi Brendan Rojers "Seltik"dagi ayrim shogirdlarini “tulkilar” safiga olib kelmoqchi.

Tecno

The Times nashrining yozishicha Rojers shotland klubidan himoyachi Kiran Tirni, yarim himoyachi Kallum Makgregor hamda vinger Jeyms Forrestlarni “Lester”da ko‘rmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Makgregor va Forrestlarning transfer bahosi 29 mln evro, Tirniniki esa 35 mln evroni tashkil etadi.

Biroq, “Lester” Tirni uchun kurashda "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Bornmut" va "Atletiko" kabi jamoalar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!