"Rolan Garros": Denis osongina taslim bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

"Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi to‘rt turnirdan biri - Frantsiya ochiq chempionati ikkinchi davrasi Denis Istomin koreyalik Chxun Xyonga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki geymini o‘z foydasiga hal qilgan Denis kutilmaganda qolganlarining barchasida imkoniyatni boy berdi - 1:6.

Ikkinchi setjda o‘zbekistonlik tennischi raqibiga qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Lekin omad yana Chxun Xyonga kulib boqdi - 7:5. Uchinchi setdsa Denis Istomin imkoniyatlaridan past o‘yin ko‘rsatdi va 1:6 hisobida yutqazib, yakkalik bahslarini to‘xtatdi.

Denis Istomin juftlik bellashuvlarida filippinlik Trit Konrad Xyuey bilan birga hindistonlik Roxan Bopanna va urugvaylik Pablo Kuevasga qarshi o‘ynaydi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!