"Roma" Underni "Arsenal"ga sotishni xohlamadi

  • 14.12.2018 23:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning "Roma" klubi o‘zining turkiyalik hujumchisi Jengiz Underning transferi bo‘yicha "Arsenal"ning taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 21 yoshli futbolchi uchun “bo‘rilar”ga 32 mln evro taklif qilishgan. Biroq, “Roma” Underni 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Under joriy mavsum “Roma” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!