Ronaldino: Koutino kelajakda "Barselona" etakchisiga aylanishi mumkin

  • 06.09.2018 09:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik futbol afsonalaridan biri Ronaldino "Barselona"dagi hamyurti Filippe Koutinoni kelajakda jamoa etakchisi bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.

“Menimncha Koutino yaqin bir necha yil ichida “Barselona” uchun eng muhim futbolchiga aylanadi. U o‘z davrining eng zo‘r futbolchilaridan biri.

O‘z navbatida Messi ham hali o‘zining so‘nggi so‘zini aytgani yo‘q. Koutinoni uning o‘rinbosari deb ayta olmayman. O‘ylaymanki ular ikkalasi birgalikda buyuk ishlarni amalga oshirishadi”, - deydi Ronaldino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!