Ronaldino "Real" futbolchisini maqtadi
Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Ronaldino yozda "Real"ga ko‘chib o‘tgan hamyurti Vinisius Junior haqida iliq fikrlarni bildirdi.
“U ulg‘ayib, tajriba ortirganida, albatta dunyoning eng yaxshi futbolchisidan biriga aylanadi. U juda og‘ir bo‘lgan Braziliya chempionatida o‘ynadi va etarli miqdorda tajribaga ham ega bo‘ldi. Ammo men ishonamanki, u yanada o‘z ustida ko‘proq ishlab, tadriba orttiradi. Yangi jamoasiga ham tez moslashib ketadi”, - deydi Ronaldino.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior “Real”ning joriy yozgi transferlardagi eng qimmat xaridi bo‘ldi.

Fikrlar