Ronaldinoning o‘g‘li ham futbolchi bo‘ladi
Mendes avgust oyidan buyon "Kruzeyro" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Joao Mendesning o‘z tengqurlariga nisbatan bo‘yi juda ham baland (178 sm) va chap qanot hujumchisi pozitsiyasida o‘ynaydi. Uning faoliyati bilan onasi Janaina shug‘ullanadi.
Qayd etish joiz, u "Kruzeyro"ga saralash bo‘lganida otasi Ronaldino ekanligini yashirgan. Bu ishni u otasi tufayli jamoaga olishmasliklari uchun amalga oshirganini ta’qidlash joiz. Uning harakatlari "Kruzeyro" murabbiylariga ma’qul kelganligini aytish lozim.



Fikrlar