
Ronaldu EChLda 100ta g‘alabaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi
O‘yin Turin shahridagi “Alyants” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona golga Mario Manjukich 59-daqiqada kiritdi.
O‘yindagi golli uzatmaga Turin klubi etakchilaridan Krishtianu Ronaldu mualliflik qilgan. 33 yoshli hujumchi uchun “Valensiya” ustidan qozonilgan g‘alaba EChL 100-g‘alaba bo‘ldi. Portugaliyalik hujumchi ushbu turnirda bunday natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.
“Yuventus” 5-turdan keyin 12 ochko bilan pley-off masalasini muddatidan oldin hal qildi. So‘nggi turda turinliklar safarda “Yang Boyz” bilan kuch sinashadi. O‘yin 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar