Ronaldu Libertadores kubogi finaliga kelmaydi, chunki...

  • 05.12.2018 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu avval xabar berilganidek 9 dekabr kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadigan Libertadores kubogi final bahsiga tashrif buyurmaydi.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu uchrashuvga Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan taklif etildi. Biroq, u “Real”dan ketgach hozir Madridga qaytishga tayyor emasligini va shu bois ushbu o‘yinga borolmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Boka Xuniors" va "River Pleyt" o‘rtasidagi bahsga Ronaldu hamda Messining tashrif buyurishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!