Ronaldu “Real” uchun urgan gollari sonini 400 tadan oshirdi
Ispaniya chempionati 37-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o‘yinda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, Madrid klubi safidagi gollari sonini 400 taga etkazdi.
Portugaliyalik futbolchi ushbu natijani qayd etishi uchun 391 o‘yin kerak bo‘ldi. Shuningdek, u jami 107 ta golli pas, 42 ta xet-trik qayd etgan. “Real” safida Ronaldu 13 ta sovringa ega chiqdi.

“Real”dagi faoliyati davomida 32 yoshli forvard 60 ta turli klubga gol urgan, eng ko‘p golini aynan “Sevilya” darvozasiga kiritgan. Andalusiyaliklarga qarshi 17 o‘yinda hujumchi 24 ta gol kiritgan.
Fikrlar