
Ronaldu "Real"ning vitse-sardori bo‘ladi
Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining jamoadagi mavqeini yanada yaxshilab oldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik futbolchining vatandoshi Pepe “Real”dan ketganidan so‘ng, u Serxio Ramos va Marselolardan so‘ng ikkinchi vitse-sardori bo‘ladi. Bu esa unga bevosita klub prezidenti bilan jamoa manfaaatlari masalalarini muhokama qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Real”dagi faoliyati davomida birinchi marta 2013 yil “Real Sosedad”ga (4:3) qarshi bahsda sardorlik bog‘ichi ostida maydonda harakat qilgan edi. Boisi, o‘sha bahsda Iker Kasilyas va Gonsalo Iguainlar maydonni tark etishgan, Ramos va Marselo esa umuman uchrashuvda ishtirok etishmagan edi.
Fikrlar