Ronaldu faoliyatidagi 19ta finalda gol urdi
Xabaringiz bor Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha "Milan"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya Superkubogida g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Aniqrog‘i, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 61-daqiqasida jamoadoshi Miralem Pyanichning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga chempionlikni taqdim etdi.
E’tiborlisi, bu Ronaldu uchun faoliyatidagi 19-finalda kiritgan goli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, Krishtianuning aksariyat finallarda kiritgan gollari Ispaniya Kubogi va Superkubogi, shuningdek Chempionlar ligasi finallariga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar