
Ronaldu go‘zal ma’shuqasini xursand qildi
"Real" muxlislarining salbiy munosabatlariga qarayman jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu shaxsiy hayotida yaxshi kayfiyat bilan yashashda davom etmoqda. Portugaliyalik futbolchi ma’shuqasi Jorjina Rodrigesning tug‘ilgani kunida sevgilisini xursand qildi.
Krishtianu Ronaldu futbol mavsumi qizg‘in pallaga kirgani va vaqti tig‘izligiga qaramay bir kunini 23 yoshga kirgan sevgilisiga bag‘ishladi. Futbolchi bayramning tantanali qismini Madriddagi eng nufuzli restoranlardan birida shohona dasturxon atrofida tashkil etib berdi.
Ko‘pchilik muxlislarni Ronalduning tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘zgacha usulda kiyingani hayratga soldi.
Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan turmush qurish niyatidaligini oshkor qilgan. Futbolchi ma’shuqasini onasi Dolores Aveyru xonim bilan tanishtirgan. Dolores xonim Krishtianuga to‘y qilish kerakligini aytgan edi.
31 yoshli futbolchi onasining taklifini to‘g‘ri qabul qilgan va rasmiy to‘y marosini 2018 yilning yozida o‘tkazishini aytgan edi.
SPORTS.uz
Fikrlar