Ronaldu yana qaysi turnirda g‘olib chiqishni hoxlayotganini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu joriy yil Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogida g‘olib chiqish istagi borligini aytdi.

“Men Konfederatsiyalar kubogida g‘olib chiqishni hoxlayman. Bu mening orzuim.

Ko‘ramiz, turnir Portugaliya terma jamoasi uchun qanday o‘tadi. Aytish lozimki, bunda omad ham ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Ammo, terma jamoamiz tarixida ilk bor ushbu sovrinni egallashimizga umid qilmoqdaman”, - deydi Ronaldu FIFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Konfederatsiyalar kubogi 17 iyundan 2 iyulga qadar Rossiyaning 4ta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!