Ronaldu yoki Messi?

  • 02.09.2018 18:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

2005 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Ronaldino Krishtianu Ronaldudan ko‘ra Lionel Messining o‘yin uslubi ko‘proq yoqishini aytdi.

“Messi yoki Ronaldu? Mening nazarimda bu savol kim kuchliroq degan ma’noda emas, aksincha, kimning uslubini yoqtirishim haqida bo‘lsa kerak. Men Messini tanlagan bo‘lardim. Chunki, uning uslubi boshqalarnikidan farq qiladi. U ajoyib fikrlaydi va barcha narsani biladi. Shuning uchun men Messini tanlayman”, - deydi braziliyalik futbol afsonasi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldino bundan avvalroq Messini “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!