
Ronalduga ta’til berildi va u “Sevilya”ga qarshi Kubok o‘yinini o‘tkazib yuboradi
"Real Madrid" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sevilya”ga qarshi Ispaniya Kubogi nimchorak final dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
AS nashrining xabar berishicha, Zinedin Zidan portugaliyalik hujumchiga dam olish imkonini berdi.
Avvalroq jarohati tufayli portugaliyalik himoyachi Pepe va madridliklar sardori Serxio Ramos ham “Sevilya” bilan o‘yinda maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, “Real” – “Sevilya” ilk o‘yini 5 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:15 da start oladi.
Fikrlar